Maktubning eng taʼsirçan jihati şundaki, unda nabiraning sodda savoli — “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan murojaat butun bir xalq, millat va davlat kelajagi bilan boğliq katta hayotiy haqiqatni oçib beradi. Prezidentimiz bu savolga şunçaki safarlarning sababini izohlaş bilan çeklanmaydi. Aksinça, öz zimmasidagi masʼuliyatning asl mohiyatini, davlat rahbari böliş qanday ulkan burç va fidoyilikni talab etişini tuşuntiradi.

Darhaqiqat, davlat rahbarining faoliyati faqat rasmiy uçraşuvlar, davlat taşriflari yoki siyosiy muzokaralardan iborat emas. Uning har bir qarori, har bir taşabbusi, xalqaro maydondagi har bir uçraşuvi ortida millionlab insonlarning buguni va ertangi kuni, oilalarning farovonligi, yoşlarning taʼlim olişi, mamlakatning tinçligi va taraqqiyoti bilan boğliq masʼuliyat turadi. Menimça, uşbu maktubning eng muhim ğoyasi davlatimiz rahbarining öz xalqidan, uning dardu taşvişlaridan, orzu-intilişlaridan heç qaçon ajralmasligi, aksinça, butun faoliyatini xalq manfaatlariga xizmat qilişga bağişlaşi zarurligidir. Çunki haqiqiy rahbarlik, avvalo, mansab yoki vakolat emas, zimmasidagi masʼuliyatni qay darajada çuqur his etişi, xalqi taqdiriga qançalik daxldor ekani bilan belgilanadi.

Prezidentimiz maktubida özining bolalik xotiralariga murojaat qilişi ham bejiz emas. Men taʼlim sohasi vakili sifatida uşbu maktubdagi eng teran va taʼsirçan jihatlardan birini aynan taʼlim va inson qadri bilan boğliq holda köraman. Bir paytlar umrining, taʼlim davrining yarmi paxta dalalarida ötgan öquvçi yoki talabaning bugun yana maktab partasi, universitet auditoriyasiga qaytişi şunçaki ijtimoiy özgariş emas, balki inson taqdiriga munosabat tubdan özgarganini anglatadigan tarixiy hodisadir. Çunki paxta dalasida bolalik yillarini mehnat bilan ötkazişga majbur bölgan avlod bilan bugun ilm maskanlarida bilim olayotgan, zamonaviy kasblarni egallaşga intilayotgan yoş avlodning hayot yöli örtasida butun bir davrning tafovuti mujassam. Eng muhimi, bu özgariş faqat öquvçi taqdirida emas, ustozning hayotida ham namoyon böladi: u endi dalada emas, sinfxonada, auditoriyada turib, öz bilim va tajribasini yoş avlodga örgatadi, isteʼdodlarni kaşf etadi, kelajak bunyodkorlarini tarbiyalaydi.

Menimça, yangi Özbekiston islohotlarining asl mezonini ham aynan şu manzarada köriş mumkin: keçagi maşaqqatli mehnat örnini bugun ilm egallayotgani, majburiyat örnini imkoniyat, ehtiyoj örnini intiliş, daladagi mehnat örnini auditoriyadagi tafakkur band etayotgani inson qadri amalda uluğlanayotganining muhim ifodasidir. Zero, bir bolaning qölidan ketmonni olib, unga kitob tutqaziş faqat uning bugunini emas, butun bir millatning ertangi kunini özgartiriş demakdir. Bugun öşa bolalarning ayrimlari olim, professor, muhandis, şifokor, davlat va jamiyat arboblariga aylangan bölsa, bu hayotiy haqiqatning öziyoq taʼlimga berilgan eʼtibor qanday ulkan ijtimoiy samara keltirişini körsatadi. Şu bois, Prezidentimiz maktubidagi bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytariş haqidagi xotiralar men uçun ötmişni eslaşdan köra köproq maʼnoga ega: bu inson bolaligi, uning ilm oliş huquqi, orzu qiliş erkinligi va kelajagini özi quriş imkoniyati davlat siyosatining markaziga qöyilganini anglatadigan hayotiy xulosadir.

Maktubning yana bir eʼtiborli jihati Özbekistonning har bir farzandiga birdek qaratilgan mehr va işonç tuyğusidir. Prezidentimiz öz nabirasiga murojaat qilayotgan bölsa-da, uning fikrlari millionlab özbek bolalari, barça millat va elat vakillarining farzandlari uçun ham birdek ahamiyatga ega. Ayniqsa, “Mening öz fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir”, degan jumlalar maktubning umumxalq miqyosidagi mazmunini yanada teranlaştiradi.

Bu örinda yurt otasining xalq oldidagi masʼuliyati faqat yoş avlod bilan çeklanmasligini ham anglaş lozim. Zero, har bir bolaning ortida oila, ota-ona, uning baxtli kelajagini orzu qilayotgan yaqinlari bor. Oilalarning tinçligi, farovonligi, ijtimoiy himoyasi, fuqarolarning munosib hayot keçirişi esa mamlakat taraqqiyotining eng muhim körsatkiçidir. Davlatning qudrati ham, avvalo, unda yaşayotgan insonlarning hayot sifati, ertangi kunga işonçi va öz yurtidan roziligida namoyon böladi.

Prezidentimizning xorijiy safarlarga çiqişi, xalqaro hamkorlikni kengaytirişi, yangi şeriklik munosabatlarini yölga qöyişi ham aynan şu maqsadlarga xizmat qiladi. Bunday taşriflarning mazmun-mohiyati şundaki, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlaş orqali yurtimizda yangi iş örinlari yaratiş, investitsiya jalb etiş, zamonaviy texnologiyalar olib kiriş, taʼlim va ilm-fan rivojiga yangi imkoniyatlar oçiş közda tutiladi. Demak, uzoq safarlar ortida ham xalqimizning buguni va kelajagi, tinçligi va farovonligi haqidagi ezgu niyatlar mujassam.

Oliy taʼlim sohasi vakili sifatida maktubdagi ilm-maʼrifat, yoşlarning intellektual salohiyati, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektdan oqilona foydalaniş haqidagi mulohazalarni alohida qayd etişni istardim. Bugungi globallaşuv va raqamli taraqqiyot davrida mamlakatning ertangi kuni, eng avvalo, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy kasb va könikmalarni egallagan yoşlar qölida. Şu bois, taʼlim tizimining barça böğinlarida yoşlarning salohiyatini röyobga çiqariş, ularga zamonaviy bilim beriş, ilmiy izlanişlariga keng yöl oçiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.

Ayniqsa, mamlakatimiz yetakçisining yoşlarni buyuk ajdodlarimiz — Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mahmudxöja Behbudiy kabi uluğ zotlarning munosib vorislari bölişga daʼvat etişi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu daʼvat faqat tarixiy meros bilan faxrlanişga emas, balki ana şu merosga munosib böliş, ilm-fan va tafakkur orqali Vatan taraqqiyotiga hissa qöşişga undaydi.

Maktubdagi vaqt qadri, mehnatsevarlik, sabr-toqat, intizom, insoniylik va vatanparvarlik haqidagi nasihatlar esa yoş avlod tarbiyasining muhim mezonlarini belgilab beradi. Ayniqsa, zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş, biroq ularga qaram bölib qolmaslik haqidagi fikrlar bugungi avlod uçun nihoyatda dolzarb. Çunki texnologiyalar insonning bilimini boyitişi, tafakkurini kengaytirişi va imkoniyatlarini oşirişi kerak, uning mustaqil fikrlaşi va izlanişlariga tösiq bölmasligi lozim.

Uşbu maktubni öqib, bir muhim xulosaga keliş mumkin: xalqparvarlik bu — şunçaki çiroyli şior yoki siyosiy tuşunça emas. U har bir insonning hayotiga befarq bölmaslik, oilalar taşvişini his etiş, bolalar kelajagi uçun qayğuriş, yoşlarning orzu va maqsadlariga imkoniyat yaratiş, keksalar duosini oliş, jamiyatdagi har bir qatlam manfaatlarini eʼtiborda tutiş demakdir.

Mamlakatimiz yetakçisining xalq bilan hamnafas bölişi, uning dardu taşvişlarini öz dardidek qabul qilişi, har bir fuqaroning tinç va farovon hayot keçirişi uçun intilişi jamiyatda işonç va birdamlikni mustahkamlaydigan eng muhim omillardan. Çunki xalqning roziligi, odamlarning ertangi kunga işonçi, farzandlari kelajagiga umid bilan qaraşi islohotlarning eng oliy natijasidir.

Prezidentimiz tomonidan nabirasi timsolida butun xalqimizning farzandlari kelajagi uçun qayğurib, xalqimiz va ziyolilarimizga qaratilgan samimiy murojaat sifatida bitilgan uşbu maktubni jamiyatimizning barça böğinlarida — maktab, texnikum, akademik litsey va oliy taʼlim muassasalarida, şuningdek, har bir oila va mahallada keng örganiş, mazmun-mohiyatini yoş avlod ongiga singdiriş muhim ahamiyatga ega. Zero, maktubda mujassam bölgan Vatanga sadoqat, xalq taqdiri uçun daxldorlik, inson qadrini uluğlaş, ilm-maʼrifatga intiliş, vaqtni qadrlaş va kelajak avlod oldidagi masʼuliyat kabi umuminsoniy qadriyatlar bugungi kunning muhim maʼnaviy-tarbiyaviy mezonlaridir. Uni şunçaki mutolaa qiliş bilan çeklanmay, har bir fikr va hayotiy xulosani çuqur muşohada etiş, kundalik faoliyatimiz bilan boğlaş orqali jamiyatimizning barça qatlamlari, ayniqsa, yoşlar uçun ertangi kun masʼuliyatini anglaşga xizmat qiladigan muhim maʼnaviy saboq sifatida qaraş lozim.

Maktubni öqib, yana bir bor amin böldimki, Vatanga xizmat qiliş, eng avvalo, uning har bir fuqarosi taqdiri uçun qayğuriş, xalqning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini öylaşdir. Zero, davlatning eng katta boyligi uning xalqi, eng uluğ maqsadi esa şu xalqning tinçligi, farovonligi va baxtli kelajagidir.

Bahodirjon ŞYERMUHAMMADOV,

Farğona davlat universiteti rektori