BMTning Comtrade xalqaro savdo maʼlumotlariga koʻra, ushbu davrda Oʻzbekiston gilos eksportidan 70,4 mln dollar daromad olgan.

Reytingda Chili 529,5 ming tonna koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlardan Gonkong — 168,4 ming tonna, AQSh — 84,2 ming tonna, Turkiya — 66,5 ming tonna va Ispaniya — 34,1 ming tonna bilan joy olgan.

Oʻzbekistondan keyingi oʻrinlarda Gretsiya — 28 ming tonna, Ozarbayjon — 25,8 ming tonna, Avstriya — 18,1 ming tonna va Moldova — 10,1 ming tonna qayd etilgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston 11 ta davlatga 23,3 ming tonna gilos eksport qilgan. Eksport qiymati 57,9 mln dollarni tashkil etgan.

Gilos eksporti hajmi 2021 yilda eng yuqori koʻrsatkichga yetgan — 60,8 ming tonna. 2023 yilda 45 ming tonna, 2024 yilda 32,2 ming tonna va 2025 yilda 31,7 ming tonna gilos xorijga sotilgan.