Muzokaralarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida Hukumatlararo bitim imzolash masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Serbiya tomoni mamlakatda o‘tkaziladigan EXPO 2027 xalqaro ko‘rgazmasi obyektlari qurilishiga o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni jalb qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Buning uchun kadrlarni oldindan tayyorlash, shuningdek, ularni munosib mehnat sharoitlariga ega ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Serbiyaning O‘zbekistonda elchixona ochishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Bu o‘zbekistonliklar uchun hozirda Astana shahri orqali amalga oshirilayotgan viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishi kutilmoqda.

Muzokaralar Serbiya Milliy bandlik xizmati direktori Milan Bosnich bilan davom ettirildi. Tomonlar Hukumatlararo bitim ratifikatsiya qilingach, ikki idora o‘rtasida mehnat migratsiyasi va ishchi kuchi mobilligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolashga kelishib oldi.