Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, ularning 14 nafari Ikkinchi jahon urushi nogironi, 14 nafari urush qatnashchisi, 13 nafari Leningrad qamali qatnashchisi hamda 19 nafari konclager mahbusi hisoblanadi.

Faxriylarning eng koʻpi Toshkent shahrida — 28 nafar. Shuningdek, Toshkent viloyatida 11 nafar, Fargʻona viloyatida esa 5 nafar faxriy yashamoqda.

Qayd etilishicha, qayta koʻrib chiqilgan harbiy hisob varaqalariga koʻra, urush yillarida Oʻzbekistondan 1 million 951 ming kishi frontga safarbar etilgan. Oʻsha davrda respublika aholisi 6,5 million nafarni tashkil etgan.

Frontga ketgan oʻzbekistonliklardan 538 ming nafari halok boʻlgan.