Migratsiya agentligi maʼlumotiga köra, işga qabul qilinadigan nomzodlar uçun Toşkent şahrida 8 oylik bepul nemis tili kurslari taşkil etiladi. Taʼlim xarajatlari Deutsçe Bahn tomonidan qoplanadi. Kurslar yakunida nomzodlar nemis tili böyiça B1 darajasidagi imtihonni muvaffaqiyatli topşirişi lozim. Nemis tilini oldindan biliş esa majburiy talab hisoblanmaydi.
Taklif etilayotgan iş örni doirasida mutaxassislar temir yöl platformalari, vokzallar va boşqa infratuzilma obyektlarini taʼmirlaş, ularga texnik xizmat körsatiş, ğişt teriş, qolip örnatiş, betonlaş, poydevor quriş hamda yer osti quriliş işlarini bajaradi. Şuningdek, qoziqlar qoqiş, burğilaş, ustunlar örnatiş va oddiy geodezik ölçaş işlari ham vazifalar qatoriga kiradi.
Oylik 3 418,84 yevro miqdoridagi maoş soliqlar uşlanmasidan oldingi summa hisoblanadi. Bundan taşqari, iş vaqtidan taşqari, dam oliş va bayram kunlarida mehnat qilganlik uçun qöşimça haq tölanadi. Xodimlarga Germaniyada uy-joy topiş va röyxatdan ötiş jarayonlarida ham kömaklaşiladi. Kompaniyaning içki malaka oşiriş dasturlari orqali kasbiy bilim va könikmalarni rivojlantiriş imkoniyati ham mavjud.
Dasturda iştirok etiş uçun nomzodlar quriliş sohasida kasbiy taʼlim olgan bölişi kerak. Bino va inşootlar qurilişi, yer osti obyektlari, beton işlari yoki yöl qurilişi yönalişidagi mutaxassislar talab etiladi. Quriliş maydonlarida iş tajribasi, amaliy könikmalar va texnik bilimlar qöşimça ustunlik beradi.
Şuningdek, nomzodlar jamoada işlaş, jismoniy mehnatni bajariş, turli quriliş maydonlarida faoliyat yuritiş va zarur hollarda iş obyekti hududida tunab qolişga tayyor bölişi lozim. B toifali haydovçilik guvohnomasiga ega böliş ham afzallik hisoblanadi.
Hujjat topşirişda maktab attestati va baholar körsatilgan ilovasi, mavjud bölsa, örta maxsus yoki oliy taʼlim diplomi va uning ilovasi, rezyume, iş tajribasini tasdiqlovçi hujjatlar, pasport hamda haydovçilik guvohnomasini taqdim etiş talab qilinadi.
Mazkur taklif quriliş sohasida maʼlumot va tajribaga ega bölgan, Germaniyada işlaş hamda kasbiy faoliyatini rivojlantirişni istagan özbekistonliklar uçun imkoniyat yaratadi.