2026-yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan mamlakatlar Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va Afgʻoniston boʻldi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tashqi savdo aylanmasidagi eng yirik 10 ta hamkor davlat quyidagilar:

  1. Xitoy — 9,5 mlrd AQSH dollari;
  2. Rossiya — 7,0 mlrd AQSH dollari;
  3. Qozogʻiston — 2,8 mlrd AQSH dollari;
  4. Turkiya — 1,4 mlrd AQSH dollari;
  5. Afgʻoniston — 1,1 mlrd AQSH dollari;
  6. Koreya Respublikasi — 940,0 mln AQSH dollari;
  7. Fransiya — 890,9 mln AQSH dollari;
  8. BAA — 807,7 mln AQSH dollari;
  9. Qirgʻiz Respublikasi — 624,6 mln AQSH dollari;
  10. Germaniya — 623,2 mln AQSH dollari.

Shunday qilib, Xitoy 9,5 mlrd dollarlik koʻrsatkich bilan Oʻzbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkori boʻlgan. Rossiya 7 mlrd dollar bilan ikkinchi, Qozogʻiston esa 2,8 mlrd dollar bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

Top-10 talikdagi davlatlar orasida eng yuqori koʻrsatkichlar asosan Oʻzbekistonning yaqin savdo hamkorlari — Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Yevropa davlatlari orasida esa Fransiya va Germaniya yetakchilik qilgan.

Umuman, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo geografiyasi 195 ta davlatni qamrab olgan.