Qarorga muvofiq, 2030-yilga qadar velosiped sport turlarini ommalaştiriş va rivojlantiriş böyiça bir qator maqsadlar belgilandi.

Jumladan:

  • mamlakatda velosport bilan muntazam şuğullanuvçi aholi sonini 30 ming nafarga yetkaziş;
  • Osiyo miqyosidagi musobaqalarda milliy terma jamoaning eng yuqori natijalar böyiça kuçli uçlikka kirişini taʼminlaş;
  • Olimpiya öyinlarida velosport böyiça qölga kiritiladigan litsenziyalar sonini oşiriş va medallar uçun kuraşiş.

2027-yil mart oyidan boşlab aholini velosport orqali soğlom turmuş tarziga keng jalb qiliş va mazkur sport turining ommaviyligini oşiriş maqsadida qator musobaqalar anʼanaviy tarzda ötkazib boriladi.

Xususan:

  • oliy taʼlim taşkilotlari talabalari örtasida — «Talabalar kubogi»;
  • zarur infratuzilmaga ega umumiy örta taʼlim muassasalarining yuqori sinf öquvçilari örtasida — «Direktor kubogi»;
  • nogironligi bölgan şaxslar örtasida — «Sening imkoniyating» paravelosport musobaqasi;
  • tegişli vazirlik va idoralar xodimlari örtasida — «Yangi Özbekiston» velosport musobaqasi;
  • 8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar örtasida — «Bahor malikalari» velomarafoni;
  • 22-sentyabr — «Avtomobilsiz kun» aksiyasi doirasida aholi örtasida — «Salomatlik sari yöl» velomarafoni taşkil etiladi.

Şuningdek, «Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari» musobaqalari doirasida ham velosport böyiça bellaşuvlar ötkazib boriladi.

Qaror bilan Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyati iqtidorli sportçilarni tayyorlaş va ularni terma jamoalarga yetkazib berişga yönaltiriladi.

2027/2028 öquv yilidan boşlab maktab-internatda paravelosport yönalişida tahsil oladigan öquvçilar uluşi umumiy kontingentning 20 foiziga yetkaziladi.

Bunda maktab-internatning umumiy kontingenti 6–11-sinflarda tahsil oladigan 100 nafar öquvçi-sportçi miqdorida saqlab qolinadi.

2027/2028 öquv yiliga qadar Respublika velosport mahorat maktab-internati Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari öquvçilari foydalanişi uçun video-mahsulotlar yaratadi.

Bundan taşqari, Toşkent şahrida 2027-yil mart oyidan boşlab «Toşkent tajribasi» joriy etiladi. Unga köra, mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 2027–2028-yillarda zarur infratuzilmaga ega umumtaʼlim maktablari bosqiçma-bosqiç velosipedlar bilan taʼminlanadi hamda trenerlar bilan hamkorlik yölga qöyiladi.