Ma’lumotlar to‘planib borgani sari olimlar samoviy jismning sayyoramizga eng yaqinlashish vaqtiga tobora ko‘proq aniqlish kiritishmoqda.
So‘nggi astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2029 yil 13 aprelda Yer aholisining taxminan 90% (taxminan 7,6 milliard kishi) Apofisni optik asboblardan foydalanmasdan ko‘ra oladi. Samoviy jism tungi osmon fonida yorqin nuqta sifatida ko‘rinadi. U taxminan 60 soniyada to‘lin oyning diametriga teng masofani bosib o‘tadi.
Biroq, asteroidning ko‘rinishi ko‘p jihatdan Yerdagi sharoitlarga, masalan, bulut qoplami zichligi va yorug‘lik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 2029 yilda Apofis sayyora yuzasidan 32 000 kilometr masofani bosib o‘tadi — bu geostatsionar yo‘ldoshlargacha bo‘lgan masofadan kamroq, deb xabar berdi mir24.tv.
Samoviy jismning diametri taxminan 375 metrni tashkil qiladi. Space.com ma’lumotlariga ko‘ra, bu 40 qavatli binoning balandligiga teng.