O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan dorixonalardagi holat yuzasidan kunlik tahlil o'tkazilmoqda. Jumladan, federatsiyaning Bag'dod tumani jamiyati tomonidan ham uy sharoitida koronavirus infektsiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dori vositalarining dorixonalarda mavjudligi va narxi hamda zaxirasi yuzasidan jamoatchilik manitoringi olib borilmoqda. Monitoring natijalariga ko'ra, Bag'dod shaharchasidagi “SHIFO”, “ADONS FARM”, “RELAKS FARM”, “ASADBEK-MEGA FARM” kabi xususiy dorixonalarda holat quyidagicha ekani ma'lum bo'ldi: askorbinka kislotasi zaxirada 800 so'm, 2000 (ikki ming) dona; gidroksixloroxin 200 mg dori vositasi mavjud emas; paratsetamol 500 mg 1000 so'm, zaxirada 3000 (uch ming) dona, azitromitsin 500 mg dori vositasi — O'zbekistonda ishlab chiqarilgani 5000 so'mdan 30000 ming so'mgacha, Gruziyada ishlab chiqarilgani 36000 ming so'm, Hindistonda ishlab chiqarilgani 25000 ming so'mdan sotilmoqda. Dorixonalarda zaruriy dori vositalari zaxirasi etarli darajada mavjudligi va amaldagi tartibga asosan belgilangan narxlarda sotilayotganligi kuzatildi.
Dilorom Mirzaeva
Bag'dodda nima gaplar?
Azitromitsin 500 mg dori vositasi — O'zbekistonda ishlab chiqarilgani 5000 so'mdan 30000 ming so'mgacha, Gruziyada ishlab chiqarilgani 36000 ming so'm, Hindistonda ishlab chiqarilgani 25000 ming so'mdan sotilmoqda.
Toşkentda xonanda Mubina Abbosxonovani öldirişga tarğib qilgan bloger uşlandi
- Dam oliş kunlari Özbekistonda iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi
- Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni böldi: ikki jahon rekordi yangilandi
- Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi
- Ayrim OTM rahbarlarining lavozimiga loyiqligi örganiladi
- Toşkent viloyatida 1 ming dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi