Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida qoidabuzilish holati aniqlandi.

Tumanning “Qoronkoʻl” MFYda joylashgan, fuqaro X.B. ga qarashli dala hovlida xatlov oʻtkazilganda, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 1 milliard 52 million soʻmlik zarar aniqlandi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.