“Pravda Vostoka” gazetasi O'zbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924 yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975 yildan buyon har kuni nashr etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb o'zgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.
Bugun gazetaning 30 mingdan ortiq (30100)-soni o'quvchilar qo'liga etib bordi.
Gazeta o'tgan yillar davomida mamlakatimizda bo'layotgan voqea-hodisalarni o'z o'quvchilariga uzluksiz etkazib berayotgan nashr bo'lib, bugun mediakonvergentsiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali butun dunyoga axborot tarqatmoqda.
“Pravda Vostoka” gazetasining 106 yillik yubiley bayrami bilan Tahririyat jamoasini, shu gazetada mehnat qilgan ustoz jurnalistlarni, faxriy hamkasblarimizni muborakbod etib, birlashgan Tahririyat jamoasiga kuch-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 106 yoshga to'ldi
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan.
Tojikistonda 4,9 magnitudali zilzila qayd etildi
- Chirchiqda giyohvandlik vositalari tayyorlangan xonadon aniqlandi
- Toshkentda ko‘p qavatli uylarda energiya auditi o‘tkaziladi
- Uzumning yangi navlarini yetishtirish bo‘yicha tajriba stansiyasi tashkil etiladi
- Qaysi hududlarda moliyaviy xizmatlar hajmi yuqori?
- Aichi-Nagoya-2026: Bizda birinchi oltin! Abdulvaxob Rashidov – Osiyo oʻyinlari chempioni
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi