“Pravda Vostoka” gazetasi O'zbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924 yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975 yildan buyon har kuni nashr etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb o'zgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.
Bugun gazetaning 30 mingdan ortiq (30100)-soni o'quvchilar qo'liga etib bordi.
Gazeta o'tgan yillar davomida mamlakatimizda bo'layotgan voqea-hodisalarni o'z o'quvchilariga uzluksiz etkazib berayotgan nashr bo'lib, bugun mediakonvergentsiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali butun dunyoga axborot tarqatmoqda.
“Pravda Vostoka” gazetasining 106 yillik yubiley bayrami bilan Tahririyat jamoasini, shu gazetada mehnat qilgan ustoz jurnalistlarni, faxriy hamkasblarimizni muborakbod etib, birlashgan Tahririyat jamoasiga kuch-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 106 yoshga to'ldi
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan.
Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni böldi: ikki jahon rekordi yangilandi
- Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi
- Ayrim OTM rahbarlarining lavozimiga loyiqligi örganiladi
- Toşkent viloyatida 1 ming dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Markaziy bank bankomatdan pul berilmagan holatlarda mijozlar huquqlarini himoya qilişni talab qildi