Ayni damda Buxoro davlat universiteti rektori, OʻzLiDeP Buxoro viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, shuningdek, viloyat Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov tomonidan sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

Mazkur sayyor qabul jarayonlari OʻzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash ularni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan, deyiladi universitet xabarida.

Uchrashuv davomida fuqarolar, talaba-yoshlar va murojaatchilar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va muammolar yuzasidan bevosita rektorga murojaat qilmoqda. Har bir murojaat atroflicha koʻrib chiqilib, tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur sayyor qabul ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni joyida hal etish hamda aholi bilan samarali aloqani yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.