DXXning ma’lum qilishicha, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari 2 nafar fuqaroni «Umra» safariga yuborishni va’da qilib, 2200 AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shunga o‘xshash holat Namangan viloyatining Chortoq tumanida ham kuzatilgan. Bu yerda faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi xodimi 2 nafar fuqaroni «Umra» safariga yuborish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilib, shundan 400 dollarini oldindan olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.