Karantin davom etayotgan shu kunlarda moddiy ta'minotida uzilish bo'lib qolayotgan oilalarning ko'pchiligi uchun qiziq bo'lgan savolga Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva javob berdi.
̶ Mazkur pul mablag'i «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi ajratgan xayriya mablag'lari hisobidan berilgan. Jamg'arma hukumatning tegishli qarori asosida yurtimizdagi pandemiya munosabati bilan aholining ehtiyojmand qatlam vakillarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Jamg'arma mablag'lari tegishli tartibda «Mahalla» fondi Vasiylik kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlarining tasdiqlangan qaror va ro'yxatlari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko'p farzandli oilalar, nogironligi bo'lgan, yolg'iz yashovchi, shuningdek, vaqtincha ishsiz fuqarolarni pul mablag'lari, kundalik iste'mol tovarlari, dori vositalari, shuningdek, boshqa turdagi zarur mahsulotlar bilan ta'minlash uchun sarflanadi
Bu toifaga mansub oilalar ro'yxatini sektor a'zolari hamda mahalla fuqarolar yig'ini vakillari ishtirokida tuzilgan ishchi guruhlari uyma - uy yurgan holda tuzadi. Ijtimoiy yordam shakli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi hisob raqamlariga kelib tushgan mablag'lardan fuqaroning nomiga ochilgan bank kartasiga ma'lum mablag' o'tkazib berish orqali amalga oshiriladi.
Siz mazkur turdagi ijtimoiy yordamlarni yana qayta olish uchun o'zingiz yashab turgan fuqarolar yig'iniga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi. Sizning murojaatingizga ko'ra, ishchi guruh vakillari oilangiz ijtimoiy holatini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda o'rganib, o'rnatilgan tartibda xulosa beradi.
Hokimiyat moddiy yordam uchun berilgan plastik kartaga yana yordam pul tushadimi?
"Menga karantin munosabati bilan kam ta'minlangan oila sifatida hokimiyat moddiy yordam, ya'ni ichida ma'lum mablag'i bor plastik karta bergan edi. Bu plastik kartaga yana pul tushadimi yoki bu yordam bir marotaba beriladimi?"
Aichi-Nagoya-2026: Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatgan holda Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- O‘zbek shaxmatining oltin avlodi
- Mustaqil taraqqiyot yo‘lida milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan yangi O‘zbekiston
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida MTM direktori va o‘rinbosari pora bilan ushlandi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi