Karantin davom etayotgan shu kunlarda moddiy ta'minotida uzilish bo'lib qolayotgan oilalarning ko'pchiligi uchun qiziq bo'lgan savolga Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva javob berdi.
̶ Mazkur pul mablag'i «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi ajratgan xayriya mablag'lari hisobidan berilgan. Jamg'arma hukumatning tegishli qarori asosida yurtimizdagi pandemiya munosabati bilan aholining ehtiyojmand qatlam vakillarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Jamg'arma mablag'lari tegishli tartibda «Mahalla» fondi Vasiylik kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlarining tasdiqlangan qaror va ro'yxatlari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko'p farzandli oilalar, nogironligi bo'lgan, yolg'iz yashovchi, shuningdek, vaqtincha ishsiz fuqarolarni pul mablag'lari, kundalik iste'mol tovarlari, dori vositalari, shuningdek, boshqa turdagi zarur mahsulotlar bilan ta'minlash uchun sarflanadi
Bu toifaga mansub oilalar ro'yxatini sektor a'zolari hamda mahalla fuqarolar yig'ini vakillari ishtirokida tuzilgan ishchi guruhlari uyma - uy yurgan holda tuzadi. Ijtimoiy yordam shakli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi hisob raqamlariga kelib tushgan mablag'lardan fuqaroning nomiga ochilgan bank kartasiga ma'lum mablag' o'tkazib berish orqali amalga oshiriladi.
Siz mazkur turdagi ijtimoiy yordamlarni yana qayta olish uchun o'zingiz yashab turgan fuqarolar yig'iniga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi. Sizning murojaatingizga ko'ra, ishchi guruh vakillari oilangiz ijtimoiy holatini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda o'rganib, o'rnatilgan tartibda xulosa beradi.
Hokimiyat moddiy yordam uchun berilgan plastik kartaga yana yordam pul tushadimi?
"Menga karantin munosabati bilan kam ta'minlangan oila sifatida hokimiyat moddiy yordam, ya'ni ichida ma'lum mablag'i bor plastik karta bergan edi. Bu plastik kartaga yana pul tushadimi yoki bu yordam bir marotaba beriladimi?"
Noqonuniy qurilishlarga qarshi yangi choralar belgilanmoqda
- O‘zbekiston TIV rahbari Shveysariyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
- Neft-gaz bozori barqarorligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi
- BluRadio: Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 169 nafarga yetdi
- «Toza havo» oyligining ikkinchi bosqichi boshlandi
- Xorazmda iqlim o‘zgarishiga chidamli yangi sholi navlari yaratilmoqda
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi