Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan tanlovda respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 208 nafar pedagog g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda 208 ta tuman va shahar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu summa bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng.

Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad pedagoglarning kasbiy mahoratini rag‘batlantirish, ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tanlov nafaqat pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish, balki ularning kasbiy salohiyatini yanada oshirish va ta’lim jarayoni sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Gʻoliblar roʻyxati