2022-yilda jami 385 437 nafar maktab bitiruvchilaridan 295 393 nafari, yoki 77 foizi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan. Ularning 85 869 nafari yoki 23 foizi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 4 foizga, 2020-yilga nisbatan 12 foizga oshgan.
Xo‘sh, test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari qanday bo‘ldi?
Mamlakatimiz miqyosida maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatkichi 76,1 ballni tashkil etgan, bu natija 2021-yilga nisbatan 1,2 ball, 2020-yilga nisbatan 6,3 ballga oshgan (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball).
Past ko‘rsatkichli maktablar alohida nazoratga olindi.
Maktab bitiruvchilarining o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tish balidan past (56,7 balldan) bo‘lgan yurtimizdagi 519 ta umumta’lim maktab hozirda alohida nazoratga olingan, ularda o‘quv-tarbiya jarayonlarini yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahorati va salohiyatini oshirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda maktablarda ta’lim sifatini oshirish zarurligini inkor qilmagan holda, yo‘lga qo‘yilayotgan islohotlar va jarayonlar natijasi bir kunda amalga oshmasligi hamda maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari natijasi yildan yilga yaxshilanib borayotganligini aytib o‘tish joizdir.
Maktab bitiruvchilarining 2022-yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijasi tahlil qilindi
2022-yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovi)da maktab bitiruvchilarining o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari tahlil etildi. Ta’kidlash joizki, ushbu ma’lumotlar Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Huquqbuzar takror sodir etgan ishi uchun sud oldida javob beradi
- Mehmonxonalarga “yashil” sertifikatlar xarajatlarining yarmi qoplab beriladi
- Oʻzbekiston Prezidenti AQShning yetakchi moliyaviy institutlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
- Toshkentda IIO boʻlinma boshligʻiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
- Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusidan vafot etganlar soni 200 ga yaqinlashdi
- Jismoniy shaxslar uchun uch karra yer soligʻi bekor qilindi, avval hisoblangan summalar qayta hisob-kitob qilinadi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
- Katta Farg‘ona kanalida timsohlar borligi haqidagi xabarlar rad etildi