2022-yilda jami 385 437 nafar maktab bitiruvchilaridan 295 393 nafari, yoki 77 foizi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan. Ularning 85 869 nafari yoki 23 foizi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 4 foizga, 2020-yilga nisbatan 12 foizga oshgan.
Xo‘sh, test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari qanday bo‘ldi?
Mamlakatimiz miqyosida maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatkichi 76,1 ballni tashkil etgan, bu natija 2021-yilga nisbatan 1,2 ball, 2020-yilga nisbatan 6,3 ballga oshgan (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball).
Past ko‘rsatkichli maktablar alohida nazoratga olindi.
Maktab bitiruvchilarining o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tish balidan past (56,7 balldan) bo‘lgan yurtimizdagi 519 ta umumta’lim maktab hozirda alohida nazoratga olingan, ularda o‘quv-tarbiya jarayonlarini yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahorati va salohiyatini oshirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda maktablarda ta’lim sifatini oshirish zarurligini inkor qilmagan holda, yo‘lga qo‘yilayotgan islohotlar va jarayonlar natijasi bir kunda amalga oshmasligi hamda maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari natijasi yildan yilga yaxshilanib borayotganligini aytib o‘tish joizdir.
Maktab bitiruvchilarining 2022-yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijasi tahlil qilindi
2022-yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovi)da maktab bitiruvchilarining o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari tahlil etildi. Ta’kidlash joizki, ushbu ma’lumotlar Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga amaliy tashrifini yakunladi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi nutqi
- O‘zbekiston Prezidenti iqlim integratsiyasini rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi
- Markaziy bank oktyabrda 6 ta bank va 2 ta mikromoliya taşkilotini jarimaga tortdi
- Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyurdi
- Çilonzor tumanida aliment tölamagan 9 nafar şaxs 15 sutkaga qamaldi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi