Bu haqida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘quvchi hozirda 8 yoshda bo‘lib, u yosh toifasida ingliz tilidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Ta’kidlanishicha, bu natija yosh avlodning chet tillarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini hamda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasini namoyon etmoqda.