Bu haqida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim holatlarda Damas rusumli avtomobillarda 23−25 nafargacha, Spark avtomobillarida esa 18 nafar bolani bog‘cha yoshidagi bolalar tashilgan.
«Damas yetti o‘rinli bo‘lsa, 28 ta bola — bu nima degan gap? Ertaga biror avariya bo‘lsa, kim javob beradi?» — dedi Yo‘ldoshev.
Uning taʼkidlashicha, bu kabi qoidabuzarliklar asosan xususiy va oilaviy bog‘chalarda uchramoqda. YHXX vakili bolalar xavfsizligi uchun, avvalo, ota-onalar masʼul ekanini qayd etdi.
«Ota-onalar eʼtiborsizlik qilib, farzandlarini shunday holatda yuboryapti», — dedi u.
Maʼlum qilinishicha, muammoni bartaraf etish maqsadida mahallalarda targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda bog‘chalar orasida profilaktik ishlar olib borilmoqda.