Tadbirda Özbekiston qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotining BMTning Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi konvensiyasi 12-moddasi talablariga muvofiqligi, xususan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki muomala layoqati çeklangan şaxslarning huquqlarini taʼminlaş bilan boğliq masalalar muhokama etildi.
Davra suhbati Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida taşkil etildi.
Unda Oliy Majlis palatalari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tegişli vazirlik va idoralar, nogironligi bölgan şaxslar taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, milliy va xalqaro ekspertlar iştirok etdi.
Tadbirda asosiy eʼtibor BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi taşabbusi bilan ötkazilgan tadqiqot natijalarini taqdim etiş va muhokama qilişga qaratildi.
Maʼlumki, Özbekiston 2021-yilda BMTning Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Şu bilan birga, Konvensiyaning «Qonun oldida tenglik» deb nomlangan 12-moddasiga nisbatan izoh bildirgan.
Mazkur modda nogironligi bölgan şaxslarning hayotning barça sohalarida boşqalar bilan teng ravişda huquq subyekti sifatida eʼtirof etilişini, huquq layoqatiga ega bölişini hamda öz huquq layoqatini amalga oşirişda zarur yordam va kömakdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişini kafolatlaydi.
Tadqiqotda uşbu xalqaro standartlarni milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotiga tatbiq etiş imkoniyatlari, mavjud huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillaştiriş zarurati, şuningdek, bu borada amalga oşirilişi lozim bölgan islohotlar tahlil etilgan.
Tadbirning oçilişida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isakov hamda BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça Mintaqaviy bölimi Özbekistondagi milliy dasturlar koordinatori Ildar Fayzullin сўзга çiqdi.
Davra suhbati doirasida milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotining dolzarb jihatlari, şuningdek, xalqaro standartlar asosida ularni takomillaştiriş istiqbollari yuzasidan maʼruzalar tinglandi.
Xalqaro ekspert Yanina Arsenyeva (Estoniya)turli davlatlarning ilğor tajribasini taqdim etib, nogironligi bölgan şaxslarning huquq layoqati va muomala layoqatini taʼminlaş, qaror qabul qilişda qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini rivojlantiriş hamda milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş böyiça tavsiyalarni ilgari surdi.
Muhokamalar davomida nogironligi bölgan şaxslarning mustaqil qaror qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning xohiş-irodasi va istaklarini hurmat qiliş hamda zarur hollarda tegişli yordam körsatiş mexanizmlarini amaliyotga joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Davra suhbati yakunida tadqiqot natijalari asosida işlab çiqilgan tavsiyalarni amalga oşiriş, milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştirişning keyingi bosqiçlari yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbirda bildirilgan taklif va tavsiyalar uşbu yönalişda milliy qonunçilikni xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş, nogironligi bölgan şaxslarning huquq va erkinliklarini amalda taʼminlaş hamda ularning jamiyat hayotidagi tölaqonli iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.