Uch davlat Mudofaa vazirliklarining harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, harbiy-dengiz floti va aviatsiya vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirokidagi mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘shma operatsiyalarga tayyorgarlik darajasini oshirish, qo‘shinlarning o‘zaro hamjihatligini yaxshilash va o‘quv-mashg‘ulot tartib-qoidalarini standartlashtirish, shuningdek, bo‘linmalarning jangovar qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Tantanali ochilish marosimida mas’ul rahbarlar so‘zga chiqib, turli yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy yondashuv va usullarni o‘zaro o‘rganish, harbiy bo‘linmalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bunday qo‘shma mashg‘ulotlarning muhim jihatlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, mashg‘ulotlar ishtirokchilar oldida turgan vazifalarni yuqori saviyada bajarish, o‘zaro tajriba almashish va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Ma’lumot uchun, uch bosqichli mashg‘ulotlar Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘ iqtisodiy hududidagi «Qizilg‘aya» o‘quv-mashg‘ulot markazi, Naxichevan Muxtor Respublikasidagi «Qorabog‘lar» o‘quv-mashg‘ulot markazi hamda Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektoridagi «Buyuk Zira» o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida bo‘lib o‘tadi.