Xususan, ushbu ro‘yxatda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 465 ta pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar belgilandi.
Shu jumladan, professor, dots.nt, katta o‘qituvchi, kichik o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, yo‘riqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir.