Bugun, 8-iyul kuni soat 07:32 da Muborak tumani "Quruvchilar" MFY hududidan o‘tgan A-380 "Qarshi–Buxoro" avtomobil yo‘lining 128-kilometrida Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon harakatlanib ketayotgan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan avtomobil ichidagi 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, 2 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Muborak tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.