“Prezidentimiz odamlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri — adolat ekanini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart. Zero, rivojlanish va farovonlikka qaratilgan har qanday islohot faqat mustaqil sudning ishonchli himoyasidagina chinakam kuchga ega bo‘ladi.
Hozirda Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimini shakllantiryapmiz. Amaldagi sudlarimiz ham ana shunday yangi tajribalarga ochiq bo‘lishi, dunyoning ilg‘or namunalarini o‘z faoliyatida dadil joriy qilishi juda muhimdir”, deb yozdi Administratsiyasi rahbari.
Shuningdek, ayni paytda Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimi shakllantirilayotgani qayd etilib, mamlakat sudlari ham ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘z faoliyatiga keng joriy etishi muhimligiga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda sud tizimi alohida shaxslarga bog‘liq bo‘lmasdan, kadrlar almashinuvidan qat’i nazar, barqaror va uzluksiz ishlashi lozimligi ta’kidlandi. Har bir sudya o‘z sharafi va sha’nini yuksak darajada saqlab, sudyalik mantiyasiga munosib faoliyat yuritishi zarurligi qayd etildi.
Saida Mirziyoyeva Robaxon Mahmudovaga yangi mas’uliyatli lavozimida mustahkam iroda, oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilishida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.