Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, hududda yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o‘z yechimini topgan. Biroq obyektlarning soni va ko‘lamidan qat’i nazar, Administratsiya rahbari boshchiligidagi jamoa ularning barchasini bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha o‘rganib chiqadi.
Tashrif davomida Xonqa tumanida mukammal ta’mirga juda muhtoj bo‘lgan 2-maktabni, shuningdek, qarovsiz tashlab qo‘yilgan va avariya holatiga kelib qolgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasi ko‘zdan kechirilgan.
Shuningdek, Davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali faoliyati bilan ham tanishdi. Hozirda o‘quv auditoriyalari hamda akademiyaning bo‘lajak tarbiyalanuvchilari maktab-internati bitta binoda joylashgan.
Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa alohida va to‘liq sharoitga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda.