Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Boyovut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.T. o‘zining tanishi bo‘lgan fuqaro M.Q.da 3 000 AQSh dollari borligini bilib, sanash jarayonlarini video tasvirga tushirishi va internet tarmog‘idagi Intagram sahifasiga joylashtirishini aytib, undan ushbu pullarni olib, 1 500 AQSh dollarini o‘zida bo‘lgan qalbaki 1 500 AQSh dollariga almashtirib qo‘yganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.