"Milliondan ortiq odamni toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan “Urganch-1” yirik nasos stansiyasi ham zudlik bilan modernizatsiya qilinishi va yangilanishi zarur bo‘lgan ob’yektlardan biridir.
Bugun ko‘tarilgan barcha masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi shart. Viloyat hamda tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda hududdagi vaziyat muhokama qilar ekan, bunga alohida urg‘u berildi.
Muammolarni ochiq-oydin gapirish, birgalikda tahlil qilish va ustuvor tartibda hal etish muhimdir", deydi S.Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumot uchun ta’kidlash kerakki, Urganch shahar "Obi hayot" mahallasida joylashgan mazkur ob’yekt 1970 yilda qurilgan bo‘lib, uning to‘rtta nasosidan biri nosozdir.