Davlat mehnat inspeksiyasi bunday holatga duch kelgan xodimlarni 1176 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, xodimni biron-bir shaklda mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Bunda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanishi mumkin.

Shuningdek, xodimlarni majburiy ravishda ovoz yigʻish yoki ovoz berishga jalb qilgani aniqlangan taqdirda, tegishli loyiha “Tashabbusli budjet” jarayonidan chetlatilishi, masʼul shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.

Davlat mehnat inspeksiyasi byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarni oʻz xohish-irodasiga qarshi “Ochiq budjet”da ovoz berishga yoki ovoz yigʻishga majburlash holatlari boʻyicha murojaat qilishga chaqirmoqda.