Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 21 iyun kuni soat 20:10 da «112» tizimi orqali Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Andijon tumani, «Mart» mahallasi, Obod yo‘li ko‘chasidagi yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:18 da yetib borgan. Yong‘in soat 20:55 da qurshab olinib, soat 21:55 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida omborning taxminan 250 kvadrat metr maydondagi tom qismi, shift, ichki hududi hamda saqlanayotgan yog‘och materiallari yongan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.