Unga ko‘ra, mazkur davrda umumiy qiymati 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.
Yil yakuni bo‘yicha 143205 ta subyekt tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgan bo‘lib, imtiyoz summasi 119 trln so‘mni tashkil etgan.
Shu jumladan, yuridik shaxslar (139020 ta) tomonidan 118,9 trln so‘m, yakka tartibdagi tadbirkorlar (4185 ta) tomonidan 120,7 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
Bojxona imtiyozlaridan esa 15346 ta tashkilot foydalangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 59,1 trln so‘mni tashkil
etadi.
Xususan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha 12,6 trln so‘m, chet davlatlarning vakolatxonalari va chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari tomonidan 345 mlrd so‘m qiymatidagi imtiyozlardan foydalanilgan.
Shuningdek, 75 ta chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari tomonidan 2,46 trln so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.
Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda o‘rganib boriladi.