Yig‘ilishda respublikadagi eng qadimiy suv inshootlaridan biri — «Juyzar» kanalida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, kanalning 22,5 kilometrlik qismi betonlanadi. Bu orqali yiliga 12 million kub metr suv isrofining oldi olinishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, madaniy ob’ektlarni rekonstruksiya qilish ishlari ham muhokama qilindi. Xususan, Buxoro qo‘g‘irchoq teatri hamda S. Ayni nomidagi teatrni ta’mirlash va yangilash bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va turistlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan takliflarni ham muhokama qildi.