Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. 100 AQSh dollari kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro R.Z.ga 6 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, undan ushbu qalbaki AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.