Tekşiruvlar davomida 722 ta obyekt örganilib, qoidabuzarliklar aniqlangan 516 ta holat böyiça jami 286 million söm maʼmuriy jarima qöllanildi.

Örganilgan obyektlarning 602 tasi issiqxona, 56 tasi sanoat va işlab çiqariş korxonasi, 26 tasi quriliş maydoni hamda 38 tasi boşqa obyektlar hissasiga töğri keladi. Şuningdek, ekologik talablarni buzgani uçun 2 ta issiqxona va 1 ta quriliş obyektining faoliyati töxtatildi.

Reydlarda issiqxonalarda kömir yoqişda filtrlardan talab darajasida foydalanmaslik va ösimlik qoldiqlarini yoqiş holatlari aniqlangan. Xususan, Toşkent tumanidagi «E.» va «M.I.A.» korxonalarida nosoz filtrlar bilan kömir yoqilgan. Fuqaro M.ga tegişli issiqxonada esa kömir filtrsiz yoqilgani maʼlum böldi. Uşbu issiqxona faoliyati töxtatildi.

Şu kabi ekologik talabbuzarliklar Mirzo Uluğbek va Sergeli tumanlarida ham qayd etildi. Issiqxona egalariga Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktyabrdagi 586-son qarori talablari tuşuntirilib, ularga majburiy körsatmalar berildi.

Quriliş maydonlaridagi tekşiruvlarda esa 9 milliard 96 million söm kompensatsiya tölovi hisoblandi. Jumladan, «N.H.P» quriliş maydonida çangni bostiriş va ğildiraklarni yuviş moslamalari örnatilmagani, 87 289 kub metr tuproq belgilangan tartibga rioya qilmasdan joylaştirilgani aniqlandi. «B. S.» MÇJga çang kötarilişining oldini olmagani uçun maʼmuriy jarima qöllanildi.

Ayni paytda ekologik talablarga rioya etilişini nazorat qiliş böyiça reydlar 24/7 rejimida davom ettirilmoqda.