«Dunyo» axborot agentligining xabar berişiça, fond AQŞda yaşayotgan vatandoşlar taşabbusi bilan taşkil etilgan. Uning asosçilari Farhod va Sevara Sulton hamda Amerikadagi özbek diasporasi vakillaridir.

Loyihaning asosiy maqsadi Özbekistonning çekka hududlaridagi iqtidorli qizlarga ingliz tili va matematika fanlaridan bepul taʼlim beriş, ularni oliy taʼlim muassasalariga kirişga tayyorlaş va kelgusida kasbiy rivojlanişiga kömaklaşişdan iborat.

Fond hammuassisi Sevara Sultonning maʼlum qilişiça, yozda eʼlon qilingan birinçi tanlovda mamlakatning turli hududlaridan 236 ta ariza kelib tuşgan. Inşo yoziş va suhbat bosqiçlaridan iborat saralaş natijasida 10 ta hududdan 20 nafar qiz dasturning ilk iştirokçilari sifatida tanlab olingan.

Hozirda ular Özbekistondagi hamkor öquv markazi tomonidan işlab çiqilgan dastur asosida maktab maşğulotlaridan taşqari haftasiga olti kun onlayn tarzda bepul taʼlim olmoqda.

Fond kelgusida dastur iştirokçilari sonini 500 nafarga yetkaziş, ularning xalqaro taʼlim dasturlarida qatnaşişi va xorijiy universitetlarga öqişga kirişiga kömaklaşişni rejalaştirgan. Oçiliş marosimida homiylardan biri dastlabki guruh taʼlimini moliyalaştiriş uçun mablağ ajratgani ham maʼlum qilindi.

Taşkilot vakillari loyiha qamrovini kengaytiriş maqsadida Özbekiston Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, hokimliklar hamda maktablar bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor.

Marosimda Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov xotin-qizlarning huquqlarini himoya qiliş, ularning taʼlim olişi va kasbiy rivojlanişi uçun şaroit yaratiş borasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga töxtaldi. U fond faoliyati uşbu islohotlar maqsadlariga mos kelişini taʼkidlab, vatandoşlarning taşabbusini yuqori baholadi.

Tadbir yakunida bunday loyihalar kölamini kengaytirişda AQŞdagi özbek diasporasi salohiyatidan yanada samarali foydalaniş böyiça fikr almaşildi.