Qarorga ko‘ra, pensiya ta’minotiga oid fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar 2027-yil 1-yanvarga qadar to‘liq interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi.

Pensiya ta’minotiga oid quyidagi xizmatlar fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda ko‘rsatiladi:

2026-yil 1-noyabrdan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval yoshga doir pensiya tayinlash;

2027-yil 1-yanvardan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash.

2027-yil 1-yanvardan “Mening pensiyam” onlayn xizmati doirasida pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.