Uchrashuvda S.Safoyev ikki qardosh xalqning tarixiy munosabatlari, parlamentlararo hamkorlik masalalariga toʻxtaldi. Shu bilan birga respublikamizda oʻtkazilgan referendum jarayoni, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan muhim oʻzgartirishlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilash, ular har tomonlama davlat himoyasida boʻlishini bosh qomusimiz bilan mustahkamlab qoʻyish maqsad qilingani alohida tushuntirildi.
Oʻz navbatida, respublikamizda oʻtkaziladigan Prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan A.Shakirov soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa yaxshi qoʻshnichilik, parlamentlararo hamkorlik borasidagi ishlar yuzasidan oʻzining ijobiy munosabatini bildirdi.
Shuningdek, boʻlajak siyosiy tadbirning muhimligiga eʼtibor qaratib, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi.
Muloqot davomida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozogʻiston Respublikasiga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, Orol mintaqasidagi suv muammosini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
S.Safoyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti vakili bilan uchrashdi
Joriy yil 7-iyulda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati qoʻmitasi raisi A. Shakirov bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga
- O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga
- Davlatimiz rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi
- Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi
- Oyga kimlar parvoz qilmoqchi?
- Rossiyaga ishga borishdan oldingi jarayonlar: yangi mеxanizm muhokama qilindi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda