Musobaqada
xududdagi barcha oliy o‘quv yurtlarining talaba-qizlaridan tashkil topgan
jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Qizg‘in tarzda
o‘tkazilgan musobaqada talaba-qizlar o‘zlarining tayyorgarligi va sport
mahoratlarini namoyish etishga harakat qilishdi.
Shunday qilib,
musobaqa yakunida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi
g‘olib bo‘ldi va respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
2-o‘rinni
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, faxrli 3-o‘rinni esa
Innovatsion texnologiyalar universiteti jamoalari egalladi.
Ma’lumot
o‘rnida, "Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi" sport
musobaqalari oliy o‘quv yurtlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari
talabalari o‘rtasida sportning voleybol, gandbol, basketbol 3x3, stol tennisi,
futbol, yengil atletika va suzish kabi turlari bo‘yicha 3 bosqichda
o‘tkazilishi belgilangan.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.