Toshkent shahrida yashovchi, bir nechta fuqarolardan IIBga bir xil mazmundagi murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularda fuqarolar telegram messenjerida "Kreditga tilla va brilliantlar" nomli guruhga a'zo bo'lishib, tilla taqinchoqlar olish istagini bildirishganida “Gizem” nomli akkauntdan o'zini “Dilyara” deb tanishtirgan ayol kreditga turli naxlardagi tilla taqinchoqlarni taklif qilib, ularni xarid qilish uchun ko'rsatilgan bank karta raqamlariga boshlang'ich to'lovni o'tkazib berishlari kerakligini aytib, shundan so'ng u taqinchoqlarni "dostavka" qilib yuborishini ma'lum qilgan.
Fuqarolar talab qilingan pullarni o'tkazib berganidan so'ng yozishmalarning barchasi o'chirilgan va ular firibgarlar tuzog'iga tushganliklarini tushunib yetishgan, shu sababli firibgarga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'rashgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yo'li bilan talon-taroj qilgan shaxs muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etib, O'zR. JKning 168-moddasi bilan sudlangan Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida yashovchi 1998 y.t. Sh. D ekanligi aniqlangan.
Sh. D ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kreditga tilla va brilliantlar beramiz" deyayotgan internetdagi firibgarlardan ehtiyot bo'ling!
Fuqarolar talab qilingan pullarni o'tkazib berganidan so'ng yozishmalarning barchasi o'chirilgan va ular firibgarlar tuzog'iga tushganliklarini tushunib etishgan, shu sababli firibgarga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'rashgan.
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi